Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar va ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra:
- Shuhrat Baxtiyorovich Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib;
- Jamshid Yunusovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib;
- Obid Choriyevich Adilov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter