Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi» — Surxondaryodagi voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

«Ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi» — Surxondaryodagi voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aholi punktiga tog‘dan ayiq tushib kelgani, odamlar undan qochib yurgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Jannatmakon» MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirishga harakat qilishgan, ammo yirtqich tajovuzkorlikni oshirib, IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shuningdek, 74-sonli maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgan.

«Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiq juda tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda», deyiladi rasmiy bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring