Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida aholi hududiga kelib qolgan ayiq o‘ldirilgani aytilmoqda

Toshkent viloyatida aholi hududiga kelib qolgan ayiq o‘ldirilgani aytilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatining Dukent qo‘rg‘oni hududida tunda yurgan ayiq videoga olingani haqida xabar berilgandi.

Shundoq aholi yashaydigan hududda yurgan yovvoyi ayiqning atrofdagi tog‘dan kelib qolgani aytilgandi.

So‘nggi tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, o‘sha ayiq otib o‘ldirilgan (nega uxlatadigan o‘qdan foydalanilmagani va bu noyob ayiq qayta yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilmagani bizga qorong‘u).

Hodisa yuzasidan rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring