Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar futboli tarixidagi eng tezkor gol kiritildi

Ayollar futboli tarixidagi eng tezkor gol kiritildi

Foto: «Sportbox»

Rossiyaning «Zvezdi-2005» (Perm) klubi futbolchisi Olesya Kurochkina yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Rossiya premer-ligasi hujumchisi ayollar professional futboli tarixidagi eng tezkor golni urdi.

Tezkor gol Superliganing 23-turida «Yenisey»ga qarshi uchrashuvda o‘yin boshlanganidan 9,31 soniya o‘tib kiritildi. Ikki uzatmadan so‘ng golli vaziyatga olib chiqilgan Kurochkina jarima maydoni markazidan krasnoyarskliklar darvozasini aniq nishonga oldi.

O‘yin 2:1 hisobida permliklar g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring