Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim masalalarda fuqarolar qonunchilik taklifini bildira olmaydilar – loyiha

Ayrim masalalarda fuqarolar qonunchilik taklifini bildira olmaydilar – loyiha

Parlament Quyi palatasi ayrim qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish haqidagi hujjat loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan kiritilgan imzo sanasi ko‘rsatilgan imzo varaqalari. Bunda imzolar miqdori kamida sakkizta hududiy sub’yektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan fuqarolar o‘rtasida mutanosib taqsimlangan bo‘lishi hamda imzolar soni orasida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqish, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, qonunchilik taklifini ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etadigan vakil yoki vakillar guruhi haqida ma’lumot ham berilishi lozim.

Hujjat loyihasiga muvofiq, quyidagi masalalar Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti bo‘lishi mumkin emas:

  • O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
  • amnistiya va afv etish;
  • mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring