Ayrim toifa kishilarga benzin sotib olish uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning 2024-yil 15-maydagi qarori bilan ayrim toifa kishilarga benzin sotib olish uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdorining yangi qiymatlari belgilandi.
Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2024-yil 2-chorakdan boshlab 128 700 so‘mni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, benzin uchun kompensatsiya miqdori oxirgi marta 2024 yilning 1-choragida 124 780 so‘mga oshirilgan edi.
Ma’lumot uchun, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensatsiyasi sifatida to‘lanadi.
Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari esa «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan moliyalashtiriladi.
Quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega:
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
- I va II guruh bolalikdan nogironlar.
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter