Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifa korxonalarni ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmasligi belgilanmoqda

Ayrim toifa korxonalarni ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmasligi belgilanmoqda

Hozirda barcha toifadagi tadbirkorlarga faoliyatini tugatish uchun bir xil talab belgilangan. Ya’ni, kattami-kichikmi, barchasi moliyaviy auditdan o‘tishga majbur. Oqibatda, ixtiyoriy tugatishga ariza bergan minglab kichik korxonalar qachon tekshiruvchi kelib, auditdan o‘tkazishini kutib turibdi.

Bu haqda Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tildi.

Shu bois bu jarayon ham soddalashishi e’lon qilindi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshmagan, soliqdan qarzi bo‘lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmaydi.

2028 yil 1 yanvarga qadar QQS va foyda solig‘i stavkasi oshirilmasligi belgilab qo‘yilgan.

«Endilikda kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e’lon qilinadi.

Fermerlar uchun ham muhim yangilik – soliqdan qarzini vaqtida to‘lay olmagani uchun shu paytgacha yig‘ilib qolgan 1 trillion so‘mlik penyani undirishdan voz kechiladi», – dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring