Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifa oilalar farzandlarining oilaviy bog‘chalar to‘lovlari kompensatsiya qilinadi

Ayrim toifa oilalar farzandlarining oilaviy bog‘chalar to‘lovlari kompensatsiya qilinadi

Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish rejalashtirilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli qarori loyihasida keltirilishicha, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi hamda «Kambag‘al oilalar reyestri» axborot moduliga kiritilgan oilalar, 2026 yil 1 yanvardan boshlab esa faqat «Kambag‘al oilalar reyestri» axborot moduliga kiritilgan oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 40 foizini budjetdan qoplab beriladi.

Bunda ushbu toifa oilalarning farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shakllantiriladi va «Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish» axborot tizimiga uzatiladi.

Kompensatsiya to‘lanadigan ayrim toifadagi oilalar farzandlari ro‘yxati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda tegishli tartibda aniqlanadi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-son Qonuniga muvofiq qayta taqsimlanadigan mablag‘lar hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar uchun ajratilgan 3,8 trillion so‘m doirasida amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hukumatning 484-son qarori qabul qilingan va unda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)larning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda pul mablag‘lari to‘lab berilishi aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring