Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar investitsiya kiritadi

BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar investitsiya kiritadi

Birlashgan Arab Amirliklari kelgusi o‘n yil ichida AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trillion dollar sarmoya kiritish majburiyatini oldi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi

Yangi kelishuvlar sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar, energetika va Amerika ishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. "Birlashgan Arab Amirliklari AQSh iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalarini sezilarli darajada oshiradi", deydi agentlik manbasi. 

AQSh ma’muriyati rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror BAA rasmiylari va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida shu hafta bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida qabul qilingan. 

19-mart kuni BAA milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va Abu-Dabi hukmdori o‘rinbosari shayx Tahnun Al Nahayon AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Amirlik rasmiylarining Amerika iqtisodiyotiga sarmoya kiritish niyatini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring