Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA Eron aktivlarini muzlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

BAA Eron aktivlarini muzlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari o‘z hududida saqlanayotgan Eronning milliardlab dollarlik aktivlarini muzlatish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, agar bu qaror qabul qilinsa, u Tehronning eng muhim iqtisodiy manbalaridan biriga zarba berishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, BAA tomonidan bunday chora ko‘rilishi Eronning xorijiy valyutaga kirishini va xalqaro savdo tarmoqlaridan foydalanishini jiddiy cheklaydi.

Ayni paytda Eron iqtisodiyoti inflyasiya bosimi ostida qolmoqda va mamlakat AQSh hamda Isroil bilan harbiy to‘qnashuv fonida qo‘shimcha bosimga duch kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring