Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda BAA fuqarosidan 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda BAA fuqarosidan 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto:«Iiv.uz»

16-fevral kuni Samarqand viloyati IIBga BAA fuqarosi ariza bilan murojaat qilgan. U Samarqand shahrida yashovchi J.Z. ismli ayol tanishi, uning qo‘l telefonida bo‘lgan shaxsiy video hamda fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga 20 ming AQSh dollari miqdordagi pullarni talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Arizaga asosan, 2021-yil 16-fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 J.Z. ariza muallifidan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring