Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bahodir finalda amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi» – Jalolovning mashhur jangi haqida kino olinadi

«Bahodir finalda amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi» – Jalolovning mashhur jangi haqida kino olinadi

Bahodir Jalolovning Tokio Olimpiadacidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan «Yengilmas. Tokioga yo‘l» filmi suratga olinadi.

Rio-2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng bokschi Bahodir Jalolov qisman boksdan chetlashtiriladi. Ammo bu mag‘lubiyatni omadsizlik deb hisoblagan murabbiylar sportchini terma jamoaga qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi.

Bahodir yana mashg‘ulotlarga kirishadi va qisqa vaqt ichida bir qancha muhim turnirlarda g‘alaba qozonib, nafaqat Osiyo, balki jahon chempioni bo‘ladi. Bundan tashqari, professional boksda ham yuqori natijalar ko‘rsatadi.

Shuningdek, filmda antiqahramonlar ham bor: turnir hay’atiga bir amaldor keyingi Olimpiadada har qanday holatda ham amerikaliklarning g‘alabasini ta’minlash topshirig‘ini beradi.

Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan faqat Bahodir finalga yo‘l oladi, u yerda amerikalik Torres bilan yuzlashadi. Turnir hay’atining rejasiga ko‘ra, u ko‘r-ko‘rona amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Ammo so‘nggi lahzada ayyor va makkorona reja barbod bo‘ladi – Bahodir Jalolov Olimpiada chempioniga aylanadi.

Loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktyorlar jalb etilishi rejalashtirilgan.  

Tasvirga olish ishlarini Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-York shaharlarida olib borish belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring