Bahodir Jalolovning jangi yana bekor bo‘ldi

26-iyul kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) va italiyalik Janmarko Kardillo (12-1-2, 2 KO) o‘rtasidagi jang bekor qilindi.
Bunga Kardilloning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolovning bundan oldingi jangi uning labidan uchuq chiqqani sabab bekor qilingandi.
Jalolov o‘tgan yilning aprel oyidan beri bironta jang o‘tkazgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter