Bahodirning asosiy raqibi kutilmaganda olimpiada bilan xayrlashdi
Og‘ir vazn toifasida qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev Parij Olimpiadasi doirasida nimchorak final jangini o‘tkazdi.
Unga 25 yoshli ispaniyalik Ayyub Gadfa raqiblik qildi.
Jang Gadfaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Qozog‘iston boksi Parij Olimpiadasida ikkinchi yo‘qotishiga uchradi. Avvalroq, bayroqdor Aslanbek Shimbergenov ham musobaqadagi ilk jangida imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter