Bahorda Toshkentda 400 ming tupdan ko‘proq ko‘chat o‘tqaziladi

2019-yil bahorida Toshkent shahri hududiga 409 ming tup ko‘chat o‘tqaziladi. Bu haqda Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi Olovuddin Nizomovga asoslanib, shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, poytaxt yildan yilga ko‘kalamzorlashtirilmoqda: 1990-yilda yashil hududlar 6800 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, bu raqam bugungi kunga kelib 15 200 gektarga yetgan.
Toshkent ko‘chalarida 220 xil mevali va manzarali daraxt turlari o‘sadi.
Avvalroq, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov 10 yil avval skverda kesilgan daraxtlar bo‘yicha munosabat bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter