Bahorning ilk kunida havo harorati 22 darajagacha isiydi

O‘zgidromet fevral oyining so‘nggi kunlari hamda 1-mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 27-28-fevral kunlari Respublika hududlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq orasida, kunduzi esa 10-18 daraja issiq orasida bo‘lishi kuilmoqda. Havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bahor faslining ilk kuni – 1-mart kuni esa kechasi 2-5 daraja iliq orasi, kunduzi esa 15-22 daraja issiq orasida bo‘ladi.
22 daraja issiq harorat Republikaning janubiy viloyatlarida kuzatiladi.
Shuningdek, tog‘li hududlarda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati 5-10 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter