Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mario Balotelli navbatdagi jamoasidan ham quvildi

Mario Balotelli navbatdagi jamoasidan ham quvildi

Foto: «Minimaetmoralia.it»

Navbatdagi jamoasi ham Mario Balotellining chiptasini qo‘liga tutqazdi. To‘g‘rirog‘i, hech kimni ogohlantirmasdan mashg‘ulotga bormayotgani uchun, Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi «ishdan bo‘shatilishi» haqida «Breshiya» rahbariyatidan rasmiy xat oldi.

Futbolchi jamoa rahbariyati va barcha o‘yinchilar bilan bir muddatga aloqani uzib qo‘ygani klub prezidenti Massimo Chellinoning e’tiroziga sabab bo‘lgan. Shuning barobarida, Balotellining o‘zi betobligi uchun mashg‘ulotlarga qatnay olmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.

«Breshiya» 29 yoshli futbolchini o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishga chaqirgan. Balotelli rad javobini berganidan keyin, uning manziliga «ishdan bo‘shatilishi» haqida rahbariyatdan rasmiy xat keldi, deb yozmoqda «Football Italia»

Ma’lumot uchun: Balotellining klub bilan shartnomasi 2022-yilning iyunigacha (yana ikki yil bor) tuzilgan. Shartnomada shunday band ham bor: «Breshiya» agarda «B» seriyaga tushib ketsa, shartnoma kuchini yo‘qotadi.

O‘z klublarida ko‘pincha xurmacha qiliqlari bilan tanilgan futbolchiga, shunga qaramasdan, qiziqish yuqori. Qator nashrlarga ko‘ra, unga xaridorlar ro‘yxatida «Los-Anjeles Gelaksi» (AQSh), «Galatasaroy» (Turkiya), Braziliyaning uch klubi — «Vasko da Gama», «Flamengo» va «Botafogo» bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring