Bandar-Abbosdagi portlash yana bir xavfni yuzaga keltirdi

Eron janubidagi Bandar-Abbos port-shahrida bugun yuz bergan kuchli portlashdan so‘ng ammiak, oltingugurt dioksidi va azot tarqalishi xavfi yuzaga keldi. Bu haqda Tasnim agentligi sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Vazirlik favqulodda vaziyat e’lon qilish haqida qaror chiqardi. Ertaga shahardagi barcha maktablar yopiladi.
So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Bandar-Abbosdagi portlash qurbonlari soni 8 nafarga yetgan, 750 dan ortiq odam jarohat olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter