Bandar-Abbosdagi yong‘inni o‘chirish necha kunga cho‘zilishi aytildi

Eronning Bandar-Abbos portidagi yong‘inni o‘chirish 15 kundan 20 kungacha davom etishi mumkin. ILNA agentligiga ko‘ra, bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Husayn Zafariy bayonot berdi.
«Konteynerlarni bittalab ochish zarur, shuning uchun yong‘inni to‘liq o‘chirish 15-20 kunga cho‘zilishi mumkin», — dedi Zafariy.
Eslatib o‘tamiz, 26-aprel kuni Fors ko‘rfazi sohida joylashgan ushbu dengiz portining kimyoviy moddalar va xavfli yuklar saqlanadigan omborida portlash sodir bo‘lgandi. IRIB telekanali xabar berishicha, yonilg‘i rezervuari portlab, yong‘in yuzaga kelgan va port binolaridan biri qulab tushgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bandar-Abbos portidagi portlash qurbonlari soni 70 nafarga yetgan, shifoxonaga tushganlardan 1 072 nafariga uyiga javob berilgan, 120 nafarining davolanishi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter