Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barsa» prezidenti Ronalduni jamoaga taklif qilmoqchi

«Barsa» prezidenti Ronalduni jamoaga taklif qilmoqchi

Foto: Sports.ru

«Barselona» prezidenti Joan Laporta avvalroq «Real»da o‘ynagan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni jamoasiga taklif etish istagini bildirdi.

AS’ning yozishicha, Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgan menejer portugaliyalik futbolchini «Barsa»ga taklif qilishni o‘ylamoqda. Laporta ikki yulduzning Kataloniya klubida birga o‘ynashlarini xohlaydi.

Kataloniya klubi 36 yoshli hujumchi uchun «Yuventus»ga ikki futbolchisini taklif qilmoqchi. Bu borada Antuan Grizmann, Serji Roberto va Filippe Koutino variantlari aytilmoqda.

«Barsa» rahbariyatining fikriga ko‘ra, Ronaldu va Messining birgalikda o‘ynashi orqali katta daromad olishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring