Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» 80 yillik rekordini takrorladi

«Barselona» 80 yillik rekordini takrorladi

Foto: Championat.com

Kataloniyaning «Barselona» klubi golli seriyalari davomiyligi bo‘yicha 1944 yilgi rekordini takrorladi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Ispaniya chempionatining 7-turida «Real Sosedad»ni qabul qilgan «Barselona» qatorasiga 44-o‘yinda raqib darvozasiga gol kiritdi. Shuncha o‘yinda «Barselona» jami 125 ta gol urdi. 80 yil oldingi rekord 1942 yil noyabridan 1944 yil fevraligacha bo‘lgan davrda qayd etilgan va kataloniyaliklar raqiblarini 139 marta xafa qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha «Barselona» «Real Sosedad» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 19 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring