Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashar Asad ag‘darilganidan buyon 850 mingga yaqin suriyalik vataniga qaytdi

Bashar Asad ag‘darilganidan buyon 850 mingga yaqin suriyalik vataniga qaytdi

Foto: TRT Global

Bashar Asad hukumati ag‘darilgan 2024-yil dekabr oyidan buyon 850 mingga yaqin suriyalik qochqin qo‘shni davlatlardan vataniga qaytdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari o‘rinbosari Kelli Klements bayonot berdi.

Yaqin haftalarda mamlakatga qaytgan qochqinlar soni 1 mln kishiga yetishi mumkin, dedi u.

Shuningdek, iyul oyida Suriya janubida hukumatparast jangarilar va druz jangchilari o‘rtasidagi janglar oqibatida 190 mingga yaqin odam ko‘chirilgani ma’lum qilindi.

Suriyada 2011-yil mart oyida boshlangan nizo va inqiroz 500 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan, 5 milliondan ortiq suriyalik mamlakatni tark etib, aksariyati qo‘shni davlatlardan boshpana topgan edi.

Avvalroq Suriya 2011-yildan beri ilk marotaba xorijga neft eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring