Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashar Asad ag‘darilganidan buyon bir millionga yaqin qochqin Suriyaga qaytdi

Bashar Asad ag‘darilganidan buyon bir millionga yaqin qochqin Suriyaga qaytdi

Foto: Getty Images

Bashar Asad hukumati ag‘darilganidan buyon bir millionga yaqin qochqin Suriyaga qaytdi. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligiga asoslanib The Washington Post xabar berdi.

Qurolli muxolifat Suriyani egallagan 2024-yil 8-dekabridan buyon Turkiyadan 419 mingga yaqin, Livandan 334 ming, Iordaniyadan 204 ming, Iroqdan 37 ming, Misrdan 27 ming nafar suriyalik vataniga qaytdi.

O‘n yildan ziyod davom etgan fuqarolar urushi davrida 13 million suriyalik o‘z uyini tark etgan, bu mintaqa va Yevropaning bir qator mamlakatlarida gumanitar inqirozni keltirib chiqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring