Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bavariya» himoyachisi Alaba «Real»ga o‘tishi mumkin — OAV

«Bavariya» himoyachisi Alaba «Real»ga o‘tishi mumkin — OAV

Foto: «FootballHD»

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi, avstriyalik futbolchi David Alaba faoliyatini «Real» Madridda davom ettirishi mumkinligi haqida «Marca» xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, madridliklar 28 yoshli futbolchiga to‘rt yillik shartnoma taklif etishmoqda: Alaba yiliga $10 mln. maosh oladi.

David Alabaning amaldagi shartnomasi muddati 30-iyunda tugaydi, shundan so‘ng u erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishi mumkin.

Qolaversa, «Chelsi» (London) ham futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum davomida Alaba «Bavariya» tarkibida 18 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring