Bayden koronavirusga qarshi emlandi (video)

AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenga «Pfizer» kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi dozasi yuborildi.
78 yoshli Bayden Delaver shtatida «ChristianaCare» shifoxonasida emlandi. Amerikaning CNN telekanali jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri klinikadan efirga uzatdi.
«Vaksina olish imkoni paydo bo‘lganda odamlar emlanishga tayyor bo‘lishlari kerakligini ko‘rsatish uchun shunday qilyapman. Bu yerda tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Men ikkinchi ukolni kutyapman», — dedi Bayden emlashdan keyin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni uning rafiqasi Jill ham emlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter