Bayden nutqi davomida yana so‘zlarni adashtirib yubordi

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat haqida nutq so‘zlab, «salon» so‘zi o‘rniga «salun»ni ishlatib, tutilib qoldi.
Qo‘shma Shtatlarda COVID-19ga qarshi kurash natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Bayden Ogayo shtatidagi bitta go‘zallik salonini misol keltirdi va emlash dasturiga Amerika fuqarolari vijdonan yondashayotgani haqida gapirdi.
«Salon direktori xodimlari va mehmonlari emlanishi uchun vaqt va kuch sarfladi. Salundan chiqish paytida xodimlar ... Salun? Salon. Balki ular salunlarga (Amerika barlarining an’anaviy nomi – izoh) tashrif buyurishadi, men bilmayman. Ammo salonning chiqish joyida xodimlar mijozlar va ularning oila a’zolariga emlash uchun ro‘yxatdan o‘tishda yordam berishdi», dedi u kulib.
Amerika prezidentining to‘liq nutqi Oq uy veb-saytida e’lon qilindi.
E’tiborlisi, Bayden avvalgi nutqlari davomida ham bir necha bor so‘zlarni adashtirib yuborgan yoki unutib qo‘ygan holatlar kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter