Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden velosipeddan yiqildi (foto)

Bayden velosipeddan yiqildi (foto)

AQSh prezidenti Jo Bayden sayr paytida velosipeddan quladi.

Oq uy AQSh yetakchisining velosipedda sayr etgani aks etgan videoni e’lon qildi. Prezident bir guruh shaxslar bilan velosiped minib ketayotgan edi, uni jurnalistlar olqishlashdi, shundan so‘ng u OAV vakillarining oldiga borganda kutilmaganda yiqilib tushdi.

Unga darhol yordam berildi. Bayden jarohat olmaganini aytdi.

Keyinchalik AQSh prezidenti ma’muriyati hammasi yaxshi ekanini va davlat rahbariga shifokorlar yordami kerak emasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden shu yilning noyabrida 80 yoshni qarshi oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring