Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari Toshkentda jamoat transporti qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

Bayram kunlari Toshkentda jamoat transporti qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlash kunlarida jamoat transporti qay tartibda ishlashini ma’lum qildi.

  • 2023-yil 2-yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
  • 2023-yil 3-yanvar, seshanba — 7-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023-yil 7-yanvar, shanba — 3-yanvar (seshanba) kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

2022-yil 31-dekabr kuni Yangi yil bayrami tantanalari nishonlanishi munosabati bilan, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring