Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayramgacha havo qanday bo‘ladi?

Bayramgacha havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» mamlakatimizda 2-5-iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38 darajagacha bo‘ladi, hafta o‘rtasiga kelib havo 36-39 darajagacha, janubda 42 darajagacha isiydi.

O‘zbekiston shimolida bugun va ertaga 38-40 darajali eng issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, chorshanba kunidan harorat asta-sekin 32-37 darajagacha pasayishi boshlanadi.

3-4-iyunda shimolda va cho‘l hududlarida, 4-iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun 30-32 daraja, ertaga 33-35 daraja, chorshanba va payshanba kunlari 35-38 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring