Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bek-baraka»da bozorchi yigit profilaktika nozirini do‘pposladi

«Bek-baraka»da bozorchi yigit profilaktika nozirini do‘pposladi

17-aprel kuni Zangiota tumanida joylashgan «Bek-baraka» savdo majmuasida oziq-ovqat do‘koni sotuvchisi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektori, kapitanga tan jarohati yetkazdi.

Aniqlanishicha, bozor hududidagi hojatxona yonida joylashgan oziq-ovqat do‘koni ishchilari do‘kon tashqarisiga rastalar qo‘yib savdo qilayotgani natijasida hojatxona tomon yo‘llar toraygan va noqulay holat yuzaga kelgan. Shu sababli profilaktika noziri sotuvchidan shaxsini tasdiqlovchi va savdo qilish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarni so‘rab, tayanch punktiga kelishini taklif qilgan. O‘zini ushbu «do‘kon egasiman» — deb tanishtirgan andijonlik, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro U.J. ularning qonuniy talablarini bajarmasdan, uyatli-buzuq so‘zlar bilan haqoratlab, qarshilik ko‘rsatib, kapitan M.Sh.ning yuziga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Surishtiruv davomida kapitan M.Sh. olgan tan jarohatlari natijasida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli tez yordam chaqirtirilib, IIV markaziy gospitaligi yotqizilgan. Kapitanga «bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi», o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i 0.3 sm. shilingan jarohati, peshona o‘ng qismining 2x2 sm. gematomasi, burun usti qizargan jarohati» tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB boshlig‘i tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring