Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bek baraka» yaqinidagi transformatorlardan biri yonib ketdi

«Bek baraka» yaqinidagi transformatorlardan biri yonib ketdi

Bugun, 26-iyul kuni Zangiota tumani, «Bek baraka» bozori yaqinida, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li chetida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga yetib borgan, transformator mutaxassislar tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring