Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish mumkin — Uzbekistan Airways

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish mumkin — Uzbekistan Airways

Foto: Xabar.uz

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkinligi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga aviachiptalarni 2020 yil 5 apreldan keyin bo‘lgan boshqa sanalarga almashtirish imkoniyati ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan COVID-19 koronavirusining birinchi holati aniqlab olilganligidan so‘ng, boshqa mamlakatlar bilan avia va avtoyo‘nalishlarni yopishi sababli 2020 yil 16 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xalqaro yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lgan qatnovlari bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring