Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemirda yirik yong‘in. Uyning kulga aylanishiga nima sabab bo‘lgan?

Bektemirda yirik yong‘in. Uyning kulga aylanishiga nima sabab bo‘lgan?

Joriy yilning 19-avgust kuni taxminan soat 17:00 da Bektemir tumani «Oltintopgan» mahallasi Toshkandiy ko‘chasidagi 57-uy 27-xonadonda elektr quvvati yuqori kuchlanishi natijasida qisqa tutashuv yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aynan yong‘in ro‘y bergan paytda ushbu xonadonda uy egalari bo‘lmagan. Mazkur masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Bektemir tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan yong‘in sabablarini aniqlashtirish davom etmoqda.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 57-uy 27-xonadonda (2-qavat) sodir bo‘lgan yong‘in asta-sekin 3-qavatning 29-xonadoniga, keyin esa 4-qavatning 31-xonadoniga o‘tgan. Undan keyin esa yong‘in mazkur uyning tom qismiga o‘tib, tom qismi to‘liq yong‘in ostida qolgan. Toshkent shahar hokimligi ushbu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Tuman mutassadilari bilan birgalikda yong‘in sodir bo‘lgan xonadon egalari yotoqxonalarga joylashtirilib, ularga zarur sharoitlar yaratildi.

Shu yerning o‘zida shahar hokimligi va mutassadi idoralar vakillari tomonidan har bir xonadonga tashrif buyurib, yetkazilgan moddiy zarar ro‘yxatini shakllantirildi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda fuqarolarga hech qanday tan jarohat yetmaganligi aniqlangan.

20-avgust kuni, muhandislik xizmati, sektor va hudud rahbarlari, shuningdek, bank xodimlari, mahalla, XUJMSh va boshqaruv kompaniya rahbarlaridan iborat maxsus shtab tuzildi. Ular oldiga tezkor ravishda yetkazilgan moddiy zararni qoplash, yong‘in sodir bo‘lgan ob’yektni ta’mirlash vazifalari yuklatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring