Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus 16-18 mlrd dollarlik eksport bozoridan mahrum bo‘ldi

Belarus 16-18 mlrd dollarlik eksport bozoridan mahrum bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

Belarus tovarlarining Yevropa ittifoqi va AQShga eksporti to‘liq to‘xtadi. Sanksiyalar oqibatida mamlakat uchun Yevroittifoq va Shimoliy Amerika bozorlari yopilganini Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko «Al Arabiya» telekanaliga intervyusida ma’lum qildi.

Bosh vazirning aytishicha, ushbu mintaqalarga eksport yiliga 16-18 mlrd dollarni tashkil etayotgandi.

Avvalroq Latviya Belarus bilan 1994-yilda tuzilgan shartnomani bekor qilgandi, ushbu kelishuv Belarusga Boltiqbo‘yi mamlakati hududi orqali o‘z harbiy yuklarini uchinchi mamlakatlarga yetkazish imkonini berayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring