Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda prezident saylovi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Belarusda prezident saylovi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Zerkalo.io

Belarusda prezident saylovi 2025-yilning 26-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «BelTA» agentligi xabar berdi.

Prezident saylovi muddati haqidagi qaror Vakillar palatasi (parlament quyi palatasi) majlisida, Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko ishtirokida qabul qilingan.

Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko hozircha nomzodini ko‘rsatgan emas. Agar o‘z nomzodini qo‘ysa, bu uning uchun yettinchi saylov kampaniyasi bo‘ladi.

Aleksandr Lukashenko 30 yil (1994-yil)dan buyon Belarusni boshqarib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring