Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ben Afflek va Mett Deymon kinokompaniyaga asos solishdi

Ben Afflek va Mett Deymon kinokompaniyaga asos solishdi

Gollivud aktyorlari, eski do‘stlar Ben Afflek va Mett Deymon Artists Equity o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos solishdi.

Aktyorlar bilan hamkorlik qilayotgan RedBird investitsiya kompaniyasi loyiha uchun 100 mln dollar berdi, deb yozdi The New York Times.

Ben Afflek Artists Equity bosh direktori, Mett Deymon kreativ direktori vazifasini bajaradi.

2023-yilda Artists Equity uchta filmni chiqarishni rejalashtirgan. Bittasi Nike sobiq rahbari Sonni Vakkaro haqida: uni ekranda Mett Deymon jonlantiradi, Afflek esa kompaniya ta’sischilaridan biri Fil Nayt obrazida o‘zini sinab ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring