Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berlin operatsiyasi

Berlin operatsiyasi

Ikkinchi jahon urushi Yevropa frontidagi hal qiluvchi operatsiyalar orasida Berlin operatsiyasi alohida o‘rin tutadi. Berlinning ishg‘ol qilinishi muhim harbiy-siyosiy masalalarning uzil-kesil hal etilishiga zamin yaratdi va Germaniyaning urushdan keyingi ahvoli, shuningdek, uning Yevropa siyosiy hayotidagi mavqeiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Quyida «Berlin operatsiyasi» haqida marshal Jukovning xotiralarini o‘qiysiz.

Sovet Qo‘shinlari, ittifoqchilar bilan hamkorlikda, Germaniyaning to‘liq va so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi talabni qat’iy amalga oshirdilar. Ular mamlakatning harbiy, iqtisodiy va siyosiy tizimini fashistik g‘oyalardan mutlaqo tozalashga kirishdilar. Urushning mazkur hal qiluvchi bosqichida asosiy maqsad – fashizmni Germaniyaning ijtimoiy va davlat tuzumidan butunlay siqib chiqarish, natsist jinoyatchilarni insoniyatga qarshi sodir etgan jinoyatlari: ommaviy qatllar, qirg‘inlar, axloqiy tahqirlashlar va vayronagarchiliklar uchun to‘liq javobgarlikka tortishdan iborat edi. Ayniqsa, bu jinoyatlar Sovet Ittifoqining ko‘p millatli xalqiga qarshi amalga oshirilgan edi.

Berlin operatsiyasini o‘tkazish g‘oyasi qo‘mondonlik (Stavka)da 1944 yil noyabr oyida shakllantirila boshlangan. Uning aniq taktik rejalari Visla-Oder, Sharqiy Prussiya va Pomeraniya operatsiyalarini ishlab chiqish jarayonida aniqlashtirilib tayyorlangan.

Berlin operatsiyasi rejasini ishlab chiqishda ittifoqdoshlarning ekspeditsiya qo‘shinlari harakati hisobga olindi. Ular 1945 yilning aprel oyi boshida keng front bo‘ylab Reynga chiqib, Germaniyaning markaziy hududiga yalpi hujum boshlagan edilar.

Ittifoqdosh qo‘shinlar oliy bosh qo‘mondonligining yaqin harakatlaridagi maqsadi dushmanning guruhlarini yanchib tashlash va Rur hududining canoat shaharlarini egallaщdan iborat edi. So‘ng amerikalik va angliyalik qo‘shinlarning G‘alabadagi Berlin yo‘nalishida harakat qilishini rejalashtirgan edilar. Bir paytning o‘zida amerikalik va fransiyalik qo‘shinlarning Shtutgart, Myunxenni egallash maqsadida janubiy yo‘nalishda harakat qilib, Avstriya va Chexoslovakiyaning markaziy rayonlariga chiqish operatsiyasi ishlab chiqildi.

Yalta konfrensiyasidagi kelishuvlarga qaramasdan Sovet okkupatsiya zonasi G‘arbiy Berlindan uzoqda belgilangan edi. Vaholanki sovet qo‘shinlari Oder va Neyse (Berlindan 60–100 kilometr uzoqda)da turar, Berlin operatsiyasida shay bo‘lib turardi, inglizlar esa Berlinni Qizil Armiya kelishidan oldin bosib olish orzusida edi. Garchi amerikalik va angliyalik siyosiy va harbiy arboblar o‘rtasida urushning yakunlovchi bosqichida strategik maqsadlarga oid yakdillik bo‘lmasa-da, ekspeditsion kuchlar bosh qo‘mondonligi ham ittifoqdosh kuchlar Berlinni qulay vaziyatda bosib olish fikridan qaytmagan edi.

Shunday qilib, 1945 yil 7 aprelda ittifoqdosh kuchlarning birlashgan shtabida yakunlovchi operatsiyalarga nisbatan general Duayt Eyzenxauer dedi:

– Leypsigni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng Berlinga qarab yo‘l olishda katta yo‘qotishlarsiz harakat qilish imkoniyati mavjud, – dedi u va so‘zini davom ettirdi: – Men buni amalga oshirish niyatimdaman. Birinchi bo‘lib shunga ishonamanki, urush siyosiy maqsadlarni ko‘zlab olib borilmoqda va men buni tan olaman. Agar Birlashgan Shtab va Ittifoqchi Qo‘shinlar Berlinni egallash jarayonida bu keng frontda faqat harbiy mulohazalardan kelib chiqib qaror qabul qilsalar, kamina xushnudlik bilan o‘z rejalarim va fikrlarimni operatsiyani amalga oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqishga tayyorman.

Mart oyining oxirgi kunlarida I.V.Stalin Amerika vakolatxonalari orqali Eyzenxauerning Berlin yo‘nalishidagi kelishilgan chiziqqa chiqish to‘g‘risidagi rejalari xususidagi axborotni oldi. Bu ma’lumotdan ko‘rinadiki, angliyalik va amerikalik qo‘shinlarning keyingi hujumlarini shimoli-sharq tomon yo‘naltirish, shu orqali Lyubek rayoniga hamda janubi-sharqdan dushmanning Germaniyani janubidan turib tor-mor etish maqsadini mo‘ljallagan edilar. Stalin gitlerchilar rahbariyati keyingi paytda angliyalik hamda Angliya hukumati vakillari bilan bir tomonlama muzokaralar olib borish uchun aktiv faoliyat olib borayotganlaridan xabardor edi. German qo‘shinlarining nochor vaziyatda qolgani tufayli gitlerchilar g‘arbda qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatadilar.

Anglo-Amerikalik qo‘shinlarning Reyn rayonidagi «hujumi» qanday ro‘y bergan edi?

Ma’lumki, bu yerda gitlerchilarning himoya quvvati ancha zaif edi. O‘z vaqtida Reyndan uzoqlashar ekan, nemislar kuchli qarshilik ko‘rsatishi mumkin edi. Lekin bunday holat ro‘y bermadi. Hammadan ko‘ra, asosiy kuchlar sharqqa, sovet qo‘shinlariga qarshi tashlangan edi. Hatto RUR guruhi uchun qaltis bo‘lgan kunlarda oliy nemis qo‘mondonligi o‘zining zaxiradagi g‘arbiy guruhlarini Sovet qo‘shinlariga qarshi frontda kuchaytirdi.

Anglo-Amerikalik kompaniyaning boshida nemislar g‘arbda susayib qolgan va diviziyani mo‘ljallagan edilar. Uning umumiy jangovarlik qobiliyati 26 shtatli diviziyaga teng kelardi. Ittifoqchilarda  to‘laqonli 80 ta diviziya bo‘lib, ulardan 23 tasi tank diviziyasi edi. Ittifoqchilarning afzalligi aviatsiyaga ma’lum bo‘ldi. Ular aviatsiya zarbalari bilan har qanday hududda, har qanday qarshilikni yerda va havoda to‘la ravishda bartaraf qila olar edi. Shunday qilib, Reynni amerikalik va angliyalik qo‘shinlarning kechib o‘tishi ancha yengil vaziyatda ro‘y berdi va Reyn ular tomonidan aslini olganda, nemislarning qarshiligisiz bosib olindi.

Nemis qo‘shinlarining RUR guruhini tor-mor etishda ittifoqchilarning qo‘shinlari bosh qo‘mondonligi shosha-pisha Elbaga tezroq chiqish maqsadida asosiy kuchlarini Berlin yunalishiga tashladi.

Urushdan keyin juda ko‘plab o‘tkazilgan suhbatlardan, xususan, amerikalik va angliyalik generallar, shu jumladan, Eyzenxauer, Montgomeri, de Pattrom de Tassini, Kleyem, Robertson, Smit va boshqa ko‘pchiligi bilan shu narsa aniq bo‘ladiki, Berlinni ittifoqdosh qo‘shinlar bilan bosib olish masalasi butunlay Oder va Neysda Berlin artilleriya zarbasi, minomyotlar, aviatsiya hamda tanklar va Sovet qo‘shinlarining birdamlikdagi hamlasi bilan nemis qo‘shinlarining mudofaasi poydevoriga qadar qo‘porilgandan so‘ng kun tartibidan olib tashlangan.

...29 martda Bosh Qo‘mondonlik chaqirig‘iga ko‘ra, men yana Moskvaga keldim, unda o‘zim bilan birga Berlin operatsiyasi bo‘yicha 1-Belorussiya fronti rejasini olgan edim. Bu reja mart oyi mobaynida front shtabi va qo‘mondonligi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Barcha masalalar asosan Bosh Shtab va Qo‘mondonlik bilan oldindan kelishilgan edi. Bu bizga Oliy Bosh qo‘mondonga batafsil ishlangan rejani qaror qilish imkoniyatini berdi. O‘sha kunning o‘zidayoq I.V.Stalin meni Kremldagi kabinetiga chaqirdi. U yolg‘iz edi, endigina Davlat Mudofaa Qo‘mitasi majlisi tugagan edi. Odatdagidek indamay qo‘lini uzatdi, guyo yaqinda uzilgan suhbatni davom ettirgandek:

– Nemis fronti g‘arbda butunlay barbod bo‘ldi. Aftidan, gitlerchilar ittifoqdosh qo‘shinlarni to‘xtatish uchun choralar ko‘rishni istamayapti, shu bilan birga barcha muhim yo‘nalishlarda ular o‘z guruhlarini kuchaytirmokdalar. Mana xarita, nemis qo‘shinlari to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlarni ko‘ring, – dedi trubkasini chekar ekan, Oliy Qo‘mondon davom ettirdi, – olishuv juda jiddiy bo‘ldi, deb o‘ylayman...

So‘ng u Berlin yo‘nalishidagi dushmanni qanday baholashimni so‘radi. Men o‘zimni ishda zarur bo‘lgan xaritamni olib, Oliy Qo‘mondon oldiga qo‘ydim. Stalin barcha tezkor-strategik guruhlarning Berlin yo‘nalishidagi shifrovkalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqa boshladi.

Bizning ma’lumotlarimizga qaraganda, nemislar bu yerda turib armiyaga va uning tarkibida kamida 20 diviziya, shu jumladan, 14 tank va motorlashgan, 37 alohida polklar va 98 alohida batalonlar bor.

Keyinchalik Berlin yo‘nalishida kamida bir million odam, 10,4 ming qurol va minomyot, 1500 tank va hujum qurollari, 3300 jangovar samolyotlar, Berlinning o‘zida yana ikki yuz minglik garnizon shakllangani ma’lum bo‘ldi.

...Urushning borishida bizga hali Berlin kabi yirik, kuchli mustahkamlangan shaharni olish to‘g‘ri kelmagan edi. Uning umumiy maydoni deyarli 900 kvadrat kilometrga to‘g‘ri kelardi. Takomillashgan yer osti inshootlari dushman kuchlariga keng manyovrni amalga oshirish imkonini berardi.

Bizning razvedka qiladigan aviatsiyamiz unga aloqador bo‘lgan barcha kirish yo‘llari hamda mudofaa chiziqlarining suratlarini olti marta tushurgan edi. Suratlar, o‘lja olingan hujjatlar va asirlarni so‘roq qilish asosida batafsil sxemalar, rejalar, harakatlar tuzildi. Shular bilan barcha askarlar va shtab komandalar rotaga qadar ta’minlandi.

Injener qismlar shaharning aniq maketini uning chekka joylariga qadar qamrab olingan holda yaratdilar, ular Berlinni umumiy qamal qilish hamda shahar markazida urush olib borish bilan bog‘liq hujumni tashkil etishga oid masalalardan iborat edi...

Operatsiyani tayyorlab turib, hammamiz dushmanni ko‘proq esankiratishni hamda yakson etish uchun yana nimalar qo‘llash lozimligi ustida ko‘proq o‘ylandik. Shu tariqa projektorlardan foydalanib, tungi hujum qilish g‘oyasi yuzaga keldi.

Zarba berishni tong otishiga ikki soat qolganda boshlashga qaror qilindi. Bir yuz qirq zenit projektorlari to‘satdan dushman pozitsiyasi va hujum qilinadigan ob’yektlarni yoritishi lozim edi.  

Operatsiyani tayyorlash vaqtida uning ishtirokchilariga projektorlar ta’siri samaradorligi ko‘rsatildi. Hamma bir ovozdan uni qo‘llash kerakligini ta’kidladilar.

Dushmanning taktik himoyasini yorib o‘tish va yutib chiqish jarayonida Oderda tank armiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala jiddiy tarzda o‘rtaga qo‘yilgan edi. Zeyel balandliklarida kuchli taktik himoyada bularning bari hisobga olinib, tank armiyalarini faqat bu tepaliklarni bosib olgandan keyingina urushga qo‘llashga qaror qilindi...

Berlin uchun jang nemislarning oliy qo‘mondonligi tomonidan sharqiy frontdagi hal qiluvchi urush sifatida rejalashtirildi. O‘z askarlarini ruhlantirish uchun Gitler 14 aprel chaqirig‘ida shunday deb yozgan edi: «Biz bu zarbani oldindan bilar edik va unga qarshi kuchli frontni qo‘yganmiz. Dushmanni kuchli artilleriya kuchi qarshi oladi. Bizning talafotimiz o‘rnini son-sanoqsiz yangi piyoda qo‘shilmalar to‘ldiradi. Folksshturm qismlari, qo‘shma harbiy qismlar qo‘shilib, frontni mustaxkamlaydi. Berlin nemislarniki bo‘lib qoladi».

Germaniya uchun shunday qaltis vaziyatda gitlerchilar rahbariyati nimaga umid bog‘lagan edi?

Keytel so‘roqda shunday ko‘rsatma bergan: «1944 yil yozida Germaniya ham vaqtdan yutish uchun urush olib borar ekan, bunda ikki tomondan turli davlatlar, turli sarkardalar, turlicha armiyalar va turlicha flotlar ishtirok etayotganiga umid bog‘lar edi. Har qanday vaqtda turli kuchlarning kombinatsiyasi oqibatida kutilmagan o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Shu tariqa biz ro‘y berishi ehtimol tutilgan voqealarni kutib, urush olib borardik. Ammo bunday voqealar ro‘y bermadi. Berlinning qulashi arafasida Gitler endi hech nimaga umid qila olmasdi, shu bois u shior tashladi: «Berlinga ruslarni kiritgandan ko‘ra, uni amerikalik va inglizlarga topshirish yaxshiroqdir».

Berlinda asir olingan nemis askarlari quyidagi tarzda ko‘rsatma bergan edilar: «Ofitserlar qanday bo‘lmasin, Berlinga ruslarni qo‘ymaslik uchun hamma kuchlar jalb etilgan», – deb ta’kidlar edilar. Agar shaharni topshirishga to‘g‘ri kelsa, faqat amerikaliklarga berish kerak».

Berlin uchun jang o‘zining avj nuqtasiga chiqdi. Hammamiz Berlin gruppirovkasini tugatish 1 mayga qadar bo‘lishini istar edik. Lekin dushma,n garchi o‘lim talvasasida bo‘lsa-da, hamon urushar, har bir uy, har bir yerto‘la, har bir qavat va tom uchun mahkam tirmashib olgan edi.

Bunday ko‘r-ko‘rona qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, Sovet jangchilari kvartalma-kvartal qo‘lga kiritar edilar. Generallardan V.I.Kuznetsov, N.Ye.Berzarin, S.I.Bogdanov, M.Ye.Katukov va V.I.Chuykovning janglari Berlin markaziga tobora yaqinlashib kelar edilar.

1945 yil 30 aprel sovet xalqining xotirasida fashistlar Germaniyasiga qarshi kurash tarixida bir umr saqlanib qoladi. O‘sha kuni soat 14 dan 25 daqiqa o‘tganda 3-jangovar armiya jangchilari (qo‘mondoni general V.I.Kuznetsov, harbiy Kengash a’zosi general A.I.Litvinov) tomonidan Reystag binosining asosiy qismi ishg‘ol qilindi.

Reyxstag uchun qonli janglar davom etardi. Unga kirish yo‘li mustahkam ustunlar bilan berkitilgan edi. Ular Berlinni himoya qilishning to‘qqizinchi tizimiga kirar edi. Reyxstag hududini saralangan jangchilar qismi himoya kilar, ularning umumiy soni olti ming kishiga yaqin bo‘lib, tanklar, hujum qurollari hamda ko‘p sonli artilleriya bilan qurollangan edi.

Reyxstag binosi bevosita 150-o‘qchi idrid diviziyasi (3-zarbdor armiya) tomonidan tajribali general, Sovet Ittifoqi Qahramoii V.M.Shatilov rahbarligida amalga oshirildi. Bu tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jangni shaxsan armiya qo‘mondoni V.I.Kuznetsov kuzatib borar va men bilan to‘xtovsiz aloqada bo‘lib turardi.

30 aprel kuni soat 15 ga yaqin u menga – komanda punktiga qung‘iroq qilib, xursandchilik bilan ma’lum kildi:

– Reyxstag ustida Qizil bayroq! Ura, o‘rtoq marshal!

– Aziz Vasiliy Ivanovich, – deb javob berdim men, – chin yurakdan seni va barcha jangchilaringni buyuk G‘alaba bilan tabriklayman. Bu tarixiy jasorat sovet xalqi tomonidan hech qachon unutilmaydi. Reyxstagning o‘zi qay ahvolda?

– Yuqori qavatlarning ayrim bo‘lmalari va bino yerto‘lalarida ham jang olib borilmoqda, – deb axborot berdi V.I.Kuznetsov.

1 may kuni oxirida umumiy soni 1500 kishidan iborat kishi kurashni olib bora olmay, gitlerchilar taslim bo‘lishdi.

Reyxstag to‘la-to‘kis qo‘lga olindi va dushmandan tozalandi.

Reyxstag komendanti qilib 150-diviziya komandiri polkovnik Fedor Matveyevich Zinchenko tayinlandi. Eng muhimi butun mamlakatimiz xalqi fashist Germaniyasi ustidan to‘liq G‘alaba qozondi. Bizning haqqoniy ishimiz tantana qildi.

1 mayda nemislar qo‘lida faqat Tirgareten va hukumat kvartali qoldi. Bu yerda imperiya mahkamasi joylashgan bo‘lib, hovlida Gitler stavkasi bunkeri joy olgan edi.

O‘sha kuni Martin Borman o‘z kundaligiga: «Bizning imperiya mahkamasi vayronaga aylandi», – deb yozgan edi.

1 may kuni soat 3 dan 50 daqiqa o‘tganda, 8-gvardiya armiya qo‘mondonlik punktiga german piyoda qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘i, piyoda generali Krebs keltirildi. U Qizil Armiya qo‘mondonligi bilan sulh tuzish masalalarini o‘tkazish uchun bevosita vakil etib tayinlanganini ma’lum kildi.

Soat 4 da general V.I.Chuykov menga telefon orqali general Krebs Gitlerning o‘z-o‘zini o‘ldirganini xabar qilganini ma’lum qildi. Krebsning so‘zlariga qaraganda, bu voqea 30 aprel kuni soat 15 dan 50 daqiqa o‘tganda ro‘y bergan. Vasiliy Ivanovich shu zahoti menga Gebbelsning Oliy Bosh qo‘mondonlikka yo‘llagan xati mazmunini o‘qib berdi. Unda shunday deyilgan edi: «Dunyodan ko‘z yumgan fyurerning vasiyatiga ko‘ra, biz vakil etilgan Krebs quyidagilarni ma’lum qilamiz. Sovet xalqi dohiysiga shuni xabar qilamizki, bugun soat 15 dan 50 daqiqa o‘tganda, fyurer o‘z ixtiyori bilan dunyodan o‘tdi. O‘zining qonuniy huquqiga asosan qoldirilgan barcha hokimiyatni Denets, men va Bormanga vasiyat qilib qoldirdi. Men Bormanni Sovet xalqi dohiysi bilan aloqa o‘rnatishga vakil etib tayinladim. Mazkur aloqa ancha talafot ko‘rgan mamlakatlar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini olib borish uchun juda zarurdir. Gebbels».

Gebbelsning maktubida yangi imperiya hukumatning ro‘yxati Gitler vasiyat bilan ilova qilingan edi. Vasiyat Gitler tomonidan imzolangan va guvohlik bilan tasdiqlangan edi (unga 1945 yil 29 aprel soat 4 deb muddat qo‘yilgan edi).

Ma’lumotning o‘ta muhimligini hisobga olib, men darhol o‘rinbosarim, armiya generali V.D.Sokolovskiyni V.I.Chuykov qo‘mondonlik punktiga nemis generali bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida yubordim. V.D.Sokolovskiy Krebsdan fashistlar Germaniyasini so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilishi kerak edi. Darrov Moskva bilan bog‘lanib, I.V.Stalinga qo‘ng‘iroq qildim, u dachada ekan. Telefonda navbatchi general shunday dedi:

– Stalin endigina yotgan edi.

– Uygotishingizni so‘rayman. Ish juda shoshilinch va ertagacha kutish mumkin emas.

Stalin darrov telefon oldiga keldi. Men olgan ma’lumotimni, Gitlerning o‘z joniga qasd qilgani va Krebsning kelgani, u bilan muzokara o‘tkazishni general V.D.Sokolovskiyga topshirishga qaror qilganini aytdim. Uning ko‘rsatmalarini so‘radim.

I.V.Stalin shunday javob berdi:

– Omadi kelmadi-da, ablah. Afsus, uni tirik qo‘lga tushira olmadik. Gitlerning o‘ligi qayerda?

– General Krebsiing ma’lumotiga ko‘ra, Gitlerning jasadi gulxanda kuydirib yuborilgan.

– Sokolovskiyga ayting, – dedi Bosh qo‘mondon, – hech qanaqa shartsiz, so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risida Krebs bilan ham, boshqa gitlerchilar bilan ham olib borish kerak muzokaralarni. Agar favqulodda biror voqea ro‘y bermasa, ertaga qadar qo‘ng‘iroq qilmasangiz, bir oz dam olmoqchiman. Bugun bizda birinchi may namoyishi o‘tkaziladi.

«Ogonyok» jurnalining 1980 yil 4-sonidan

Fathulla Namozov tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring