Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

So‘nggi besh yil ichida Beeline Uzbekistan tarmog‘ida haftalik trafik iste’moli 11 barobardan ko‘proqqa oshdi, umumiy trafikning 93% yuqori tezlikdagi 4G tarmog‘i orqali o‘tmoqda, foydalanuvchilar esa an’anaviy qo‘ng‘iroqlar bilan birga tobora ko‘proq messenjerlar va videoxizmatlarni tanlamoqda.
2020 yilda abonentlar haftasiga taxminan 2 ming terabayt ma’lumot yuklab olgan bo‘lsa, bugungi kunda haftalik trafik sarfi 23,6 ming terabaytdan oshib ketdi - bu besh yil avvalgiga nisbatan 11,3 barobar ko‘p. 4G tarmog‘ining umumiy trafikdagi ulushi 2020 yildagi 57,7 foizdan 2025 yilda 93,4 foizgacha ko‘tarildi.
Tarixiy rekord 2025 yil 10 iyulda qayd etildi: Beeline Uzbekistan tarmog‘i 3,98 million gigabayt ma’lumotni «uzatdi». Bu bir vaqtning o‘zida 110 milliondan ortiq futbol o‘yinini 4K sifatida yoki 1,25 milliard filmni HD sifatida tomosha qilish uchun yetarli. Shu bilan birga, kompaniya bunday yuqori yuklamada ham tarmoqning ishonchliligini namoyish etdi.
Internetdan foydalanishning eng yuqori o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda: 2 yil ichida ko‘rsatkich 2 barobardan ziyod oshdi. Bu Beeline Uzbekistan’ning mamlakatning barcha hududlari tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan strategiyasi samaradorligini isbotlaydi: 5 yil ichida Qoraqalpog‘istonda baza stansiyalari soni 23 barobardan ko‘proqqa oshdi.
«O‘zbekistonda 4G tarmog‘ida mobil internet iste’molining jadal o‘sishi soha va bizdan, shu jumladan, infratuzilmani rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha uzluksiz ishlashni talab qiladi. Bu keng ko‘lamli o‘sish bizning strategiyamizning bevosita natijasidir: tarmoqni nafaqat poytaxtda, balki mamlakatning eng chekka hududlarida ham rivojlantirish. Biz O‘zbekistonning har bir fuqarosi qayerda yashashidan qat’i nazar, tezkor, barqaror va xavfsiz internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun harakat qilmoqdamiz», — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Efremov.
O‘zbekistonda LTE tarmog‘idan tobora ko‘proq odamlar foydalana boshladi: foydalanuvchilar ulushi ikki yil ichida 62,7% dan deyarli 70% ga oshdi. 2023 yildan beri bu foydalanuvchilarning eng katta o‘sishi Buxoroda kuzatildi, uning o‘sish ko‘rsatkichi hatto Toshkentni ham ortda qoldirdi. Bu tarmoqni keng ko‘lamda modernizatsiya qilish va mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida yangi baza stansiyalari (BS) ning faol qurilishi natijasidir: so‘nggi 5 yil ichida Buxorodagi BS soni butun mintaqa bo‘ylab 10 baravardan ko‘proqqa oshdi.
Mobil internetdan faol foydalanuvchi smartfon egalari soni ham sezilarli darajada oshdi: eng jadal o‘sish Buxoro, Navoiy va Xorazmda qayd etildi. Bu hududlar so‘nggi 2 yil ichida tezkor internetga ulanish sur’ati bo‘yicha Toshkentni ortda qoldirdi. Shunga qaramay, Toshkent LTE tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha ham (95%), smartfon foydalanuvchilari bo‘yicha ham (68,64%) mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter