Besh hududda yangi bemorlar qayd etildi. Jami holatlar 58 mingga yaqinlashmoqda

2020-yil 3-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 924 (+148) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
85 nafari Toshkent shahrida,
23 nafari Toshkent viloyatida,
19 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 54 456 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 992 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter