Besh yilda baliq yetishtirish hajmi uch barobarga oshdi
Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi uch baravar oshgan: agar 2015 yilda bu ko‘rsatkich 59,9 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 173,9 ming tonnaga yetdi.
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Respublikada 50 ming gektarga yaqin sun’iy va 547 ming gektar tabiiy suv havzalari mavjud. Baliqchilik tarmog‘ida jami 4 mingdan ziyod baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda, deyiladi xabarda.
So‘nggi yillarda baliqning 10 turi iqlimlashtirilib, ularni sanoat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (venger va vetnam karplari, yapon koyasi, forel, losos, koryushka, osetr, tilapiya, sudak, afrika laqqa balig‘i).
2021 yilda 340 mln dollarlik 1330 ta yangi loyiha amalga oshirildi, sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 29 mln dollarni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter