Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshta hududda yangi bemorlar aniqlandi

Beshta hududda yangi bemorlar aniqlandi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 10-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 (+159) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring