Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bethovenning qiyofasi qanday bo‘lgan?

Bethovenning qiyofasi qanday bo‘lgan?

Foto: Wikipedia

Braziliyalik tadqiqotchi Chichero Moraesh bastakor Lyudvig van Bethovenning yuz qiyofasini modellashtirdi, deb xabar berdi Daily Mail.

Moraesh — tarixiy shaxslarni raqamli rekonstruksiyalash bo‘yicha mutaxassis. U nemis bastakori bosh chanog‘ining 1863-yilda olingan fotosuratlari hamda 1888-yilda to‘plangan o‘lchov ma’lumotlaridan foydalandi.

Foto: Daily Mail

«Avval bosh suyagi fotosuratlari asosida old va yon tomondan ikki o‘lchamli konturlarni yaratdim. Keyin suratlar proporsiyalariga asoslanib, bosh suyagining uch o‘lchamli modelini qurdim. So‘ngra zamonaviy yevropaliklar ma’lumotlari asosida yumshoq to‘qimalar qalinligini qo‘shdim, burun shakli va yuz qiyofasini aniqladim. Shular asosida yakuniy qiyofa shakllantirildi», — dedi mutaxassis.

Bundan tashqari, muallif subyektiv elementlardan foydalandi — rassom Yozef Karl Shtiler tomonidan 1820-yilda chizilgan Bethovenning mashhur portretiga asoslanib, kiyim va soch turmagini ham qo‘shdi. Ba’zi detallar sun’iy intellekt yordamida takomillashtirildi.

Moraesh bir necha oy avval Motsartning haqiqiy yuz qiyofasini tiklagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring