Bilasizmi: energetik ichimliklar tasviri bor futbolkalarni tarqatish mumkin emas

Energetik ichimliklar reklamasida quyidagilar taqiqlanadi:
- soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
- tashqi reklama va axborot ob’yektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;
- energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o‘rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;
- voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;
- asosan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa;
- voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
- asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;
- energetik ichimliklardan foydalanilgan holda rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter