Bill Klinton shifoxonaga tushib qoldi
![Bill Klinton shifoxonaga tushib qoldi](http://static.xabar.uz/crop/3/3/720_460_95_3362825460.jpg)
AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Klinton reanimatsiya bo‘limida infeksiyaga qarshi davolangan, ammo bu koronavirus emas. Qo‘shma Shtatlarning 42-prezidenti allaqachon «tuzalmoqda va kayfiyati yaxshi», deya ma’lumot bergan Klintonning matbuot kotibi.
Klintonga sepsis tashxisi qo‘yilgan (qonda zaharlanish), unga antibiotiklar kursi buyurilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bill Klinton 1993-yildan 2001-yilgacha Demokratik partiyadan AQSh prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter