Bir guruh faollar «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
«Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan yurtdoshlarimiz I, II va III darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jumladan, taqdirlanganlar orasida quyidagi davlat va jamoat arboblari bor:
- Senat raisi Tanzila Norboyeva;
- Prezident maslahatchisi Tursunxan Xudoybergenov;
- Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov;
- Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov;
- O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov;
- O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur;
- senatorlar Qutbiddin Burxonov, Baxtiyor Sayfullayev, Narimon Umarov, Tolibjon Madumarov, Erkin Gadoyev, Farmon Toshev;
- Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayid;
- san’atkorlar Nasiba Abdullayeva, Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Nuriddin Hamroqulov;
- aktyorlar Baxtiyor Ixtiyorov, Matyoqub Matchonov, Murod Rajabov, dublyaj faxriysi Mukambar Rahimova;
- OAV faxriylari Axbor Imomxo‘jayev, O‘tkir Rahmatov, Mamatqul Hazratqulov, Muhammadjon Obidov, Abdujalol Taypatov;
- sport sohasi vakillari To‘lagan Isoqov, Oksana Chusovitina;
- sog‘liqni saqlash tizimi vakillari Nurmat Otabekov, Habibullo Oqilov va boshqalar.
Ma’lumot uchun, I darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida, II darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter