Bir necha davlat elchilari Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashdi

Buxoro viloyatiga Afg‘oniston va Eron Islom Respublikalari hamda Hindiston, Qirg‘iziston, Misr, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston Respublikalari va Saudiya Arabistoni Qirolligidagi O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchilari tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni viloyat hokimi O‘.Barnoyev kutib oldi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimligining konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elchilar viloyatning turistik salohiyati, innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishishdi.
Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida hamda 2018-yil 11-yanvardagi tashqi ishlar vazirligi xodimlari va xorijiy mamlakatlardagi elchilar bilan uchrashuvida mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘tgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter