Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birato‘la yettita hududda koronavirus holati qayd etildi

Birato‘la yettita hududda koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 20-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 366 (+254) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda yana 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 32 944 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 172 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring