Birinchi yagona gaz-kimyo klasteri — MDH mamlakatlari orasida yagona majmua (video)
25-dekabr kuni dunyo hamjamiyati, ayniqsa neft-gaz sanoatchilari, iqtisodiy tahlilchilar, ommaviy axborot vositalarining e’tibori O‘zbekistonga qaratildi — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida «Uzbekistan GTL» zavodi ishga tushirildi.
Ushbu korxona MDH mamlakatlari orasida yagona bo‘lib, bunday yirik majmua shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda barpo etilgan.
Zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hisobiga yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.
Mazkur loyihaning xalqimiz hayotida hamda milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter