Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjada sement va bug‘doy narxlarida pasayish kuzatildi

Birjada sement va bug‘doy narxlarida pasayish kuzatildi

11–17-may kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 44 575 ta bitim tuzildi. Bu ko‘rsatkich avvalgi haftaga nisbatan 6,3 foizga kamaygan.

Birja ma’lumotiga ko‘ra, tuzilgan bitimlarning 44,4 foizi birja savdolariga, 55,6 foizi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri kelgan. Shu davrda davlat xaridlari tizimida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilar qariyb 137,1 milliard so‘m mablag‘ni tejagan.

Hisobot davrida birja savdolariga 440 905 tonna sement qo‘yilgan bo‘lib, shundan 145 997 tonnasi sotilgan. Birjada sementning bir tonnasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narx 649,7 ming so‘mdan 644 ming so‘mgacha pasaygan.

O‘tgan haftada birja orqali 31 881 tonna bug‘doy sotilgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmi 7 970 tonnani tashkil qilgan. Bug‘doyning bir tonnasi uchun o‘rtacha kunlik narx 2 million 972,2 ming so‘mdan 2 million 932,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring