Birjada paxta yog‘i narxi qariyb 42 foizga pasaydi
O‘tgan hafta, 22–28-iyun kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 51 392 ta bitim tuzildi.
Birja savdolari orqali 1 892 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmi 378 tonnani tashkil qildi. Savdolarda har kuni o‘rtacha 8 nafar xaridor ishtirok etdi.
O‘tgan hafta davomida barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxi bir tonna uchun 17 mln 904,5 ming so‘mdan 10 mln 351,2 ming so‘mgacha pasaydi.
Shuningdek, birja savdolariga 37 641 tonna paxta tolasi qo‘yildi. Shundan 14 635 tonnasi, ya’ni 38,9 foizi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 927 tonnani tashkil qildi.
Barcha navli paxta tolasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narx bir tonna uchun 21 mln 872,6 ming so‘mdan 20 mln 597,1 ming so‘mgacha pasaydi. Savdolarda har kuni o‘rtacha 8 nafar xaridor ishtirok etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter